Polshalik jurnalist Agneshka Pikulitskaning unga O‘zbekistonga kirish taqiqlanganini, shu sababli u 7 noyabrdan beri «Qozog‘iston bilan chegarada qolib ketgan»nini ma’lum qildi. U bu qarorini jurnalistik faoliyati bilan bog‘lamoqda. «O‘zgarishlar bo‘lishi mumkin degan umidda O‘zbekistonga kelganimga uch yildan oshdi. Hozirgi hukumat davrida hech qanday tizimli o‘zgarishlar bo‘lmaydi, degan ishonch bilan ketyapman», — deb yozdi jurnalist.
Siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov Tashqi ishlar vazirligi polshalik jurnalist Agneshka Pikulitskaning akkreditatsiyasini uzaytirmaganligini siyosiy xato deb atadi. «Biron bir xorijiy jurnalistlar qonunchilikni jiddiy buzadigan bo‘lsa, uni tezda haydash emas, qonunchilikka bo‘ysundirishning ohista yo‘llari ishga solinishi kerak», — deydi u.
Xalqaro jurnalist Agneshka Pikulitska o‘z shaxsiy Twitter’ida TIV tomonidan uning akkreditatsiyasini uzaytirmaslik to‘g‘risidagi qaroriga munosabat bildirdi. U ushbu holatni «uning ovozini o‘chirishga urinish» va «mamlakatda deyarli o‘zgarishlar bo‘lmaganligini anglatadi» deb izohladi.
IIV polshalik jurnalist Agneshka Pikulitskani so‘nggi vaqtlarda sodir bo‘layotgan voqealarni noto‘g‘ri talqin qilishda va huquqni muhofaza qilish idoralarini obro‘sizlantiradigan ma’lumotlarni nashr etishda aybladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting